Продавец-консультант
Сигналы объявления: 1 из 3
Это счётчик доступных сигналов, а не рейтинг безопасности работодателя. Нет данных по 2 из 3 проверок.
- Источник «Работа России»: нет данных — Нет подтверждённых данных об этом объявлении на государственной площадке.
- Проверка hh.ru: нет данных — Подтверждённый флаг employer.trusted от hh.ru не получен.
- Свежесть публикации: есть сигнал — С даты публикации прошло 0 дн. Порог сигнала — 30 дней; обновление даты не доказывает наличие свободного места.
Сопоставьте ИНН, юридическое название и условия договора. Даже свежая вакансия проверенной площадки требует проверки перед откликом.
Как проверить работодателя →✍ Составить сопроводительное письмо
Письмо хранится только в вашем браузере. Проверьте название компании перед отправкой — чужое имя в письме читается как массовая рассылка.
Опыт и подпись возьмутся из вашего мини-резюме.
Пожаловаться на подозрительную вакансию
Опишите конкретные признаки обмана. Не указывайте паспортные данные, номера карт или чужие контакты. После трёх учтённых жалоб объявление скрывается до проверки; это не доказательство мошенничества.
Продавец-консультант / Офлайн-продажи
Yigitlar olinadi
Alfajr Premium Brand kompaniyasining Arca filialiga tabiiy teridan tayyorlangan gilamlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi faol, xushmuomala va natijaga yo‘naltirilgan sotuvchi-konsultant kerak.
Bizga shunchaki do‘konda turadigan sotuvchi emas, balki mijoz bilan to‘g‘ri muloqot qila oladigan, mahsulotga qiziqish uyg‘otadigan, uning afzalliklarini tushuntirib bera oladigan va xaridni amalga oshirishga yordam beradigan xodim kerak.
Asosiy vazifalar:
-
Filialga kelgan mijozlarni kutib olish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish;
-
Tabiiy teridan tayyorlangan gilamlar haqida batafsil ma’lumot berish;
-
Mahsulotning sifati, xususiyatlari, afzalliklari va qiymatini mijozga tushunarli tarzda yetkazish;
-
Mijozning ehtiyojini aniqlash va unga mos mahsulotni tavsiya qilish;
-
Mijozda mahsulotga qiziqish uyg‘otish va xarid qilishga undash;
-
Mijozlarning savollariga ishonchli va asosli javob berish;
-
Xaridorlarning e’tirozlari bilan professional ishlash;
-
Savdo rejasini bajarish va savdo natijalarini yaxshilashga intilish;
-
Mijozlar bilan xushmuomala va professional munosabatni saqlash;
-
Savdo hududida mahsulotlarning tartibli va chiroyli joylashtirilishini nazorat qilish;
-
Savdo natijalari bo‘yicha rahbariyatga hisobot berish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Savdo va mijozlar bilan ishlashga qiziqish;
-
Faollik, xushmuomalalik va kuchli kommunikativ ko‘nikmalar;
-
O‘z fikrini ravon va ishonchli ifodalay olish;
-
Mijozni tinglash, uning ehtiyojini tushunish va mos taklif bera olish;
-
Mahsulotni taqdim etish va sotuvga olib kelish qobiliyati;
-
Mas’uliyatlilik, halollik va intizom;
-
Tashabbuskorlik va natijaga intilish;
-
Jamoada ishlay olish;
-
O‘zbek tilida ravon muloqot qilish. Rus tilini bilish ustunlik beradi.
Savdo sohasida tajriba majburiy emas. Tajribali sotuvchilarga ustunlik beriladi. Ishga qiziqishi yuqori, tez o‘rganadigan va savdo ko‘nikmalarini rivojlantirishga tayyor nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi.
Biz taklif qilamiz:
-
Alfajr Premium Brand kompaniyasida barqaror ish;
-
Mahsulot va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarni rivojlantirish imkoniyati;
-
Tajriba orttirish va professional o‘sish imkoniyati;
-
Ahil jamoa;
-
Ish haqi va rag‘batlantirish shartlari suhbat davomida kelishiladi.
Ish sharoitlari:
-
Ish joyi: Toshkent shahar, Yashnobod tuman, Maxtumquli 75, Arca Mebel savdo markazi
-
Ish shakli: oflayn, to‘liq bandlik;
-
Ish vaqti: 10:00 dan 19:00 gacha;
-
Ish grafigi: 6/1.
Vakansiyaga javob berishda rezyumengizni yuboring va savdo yoki mijozlar bilan ishlash tajribangiz haqida qisqacha ma’lumot bering.
Bizga mijozlar bilan muloqot qilishdan zavq oladigan, mahsulotni ishonch bilan taqdim eta oladigan va yaxshi sotuv natijalariga erishishga intiladigan xodim kerak.